Tushda tuman | Тушда туман

Без рубрики

TUMAN (NAJM) Bilginki, najm deb tumanni aytadilar.
Tushida tumanni ushlab olganini ko‘rsa, uning mikdoricha dinda adashuv va gumrohlik topadi. Tushida tuman tushganini va yana yorug‘lik bo‘lganini ko‘rsa, tavba qiluvchi bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida tuman tushib, qorong‘i bo‘lganini ko‘rsa, g‘amu anduhga va ishining to‘xtab qolishiga daliddir. Agar havoning ravshan ekanini va birdan tuman tushganini ko‘rsa, o‘sha diyorda nogohoniy o‘lim yuz berishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tuman to‘rt narsani bildiradi: kechikishni; ishlarning pinhonligini; bid’atni; gumrohlikni.
Ismoil Angas (r.a.)ning aytishicha, tushida tumandan yorug‘likka chiqqanini ko‘rsa, kambag‘allikdan badavlatlikka va bid’atdan hamda adashuvdan uzoq bo‘lishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda tumanni ko‘rish yaxshilikni bildiradi.