Tushda to’tiyo | Тушда тутиё

Без рубрики

TO‘TIYO Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi to‘tiyo mol bo‘ladi. Har kim tushid ko‘zining ravshan bo‘lishini niyyat qilib, ko‘ziga to‘tiyo surayotganini ko‘rsa, dinda poklik qidirishiga dalildir. Agar niyati buning aksi bo‘lsa, dindorlikda o‘zini yaxshi ko‘rsatib, munofiqona maqtov olishga intilishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, har kim tushida o‘ziga to‘tiyo berayotganlarini ko‘rsa, xnu to‘tiyo mikdoriga muvofiq, uning qo‘lida mol hosil bo‘lishiga dalildir. Agar to‘tiyo yeyayotganini ko‘rsa, qayg‘u va g‘amgin bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, to‘tiyoni qo‘ltig‘iga qo‘yib, noxush hidni daf’ qilish uchun surtayotganini ko‘rsa, shunday bir ish qiladiki, bu ishda unga madhu sano va yaxshi so‘zlarni aytishlariga dalildir.