Tushda qurtlar | Тушда куртлар

Без рубрики

QURTLAR (KIRMON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida qornida ko‘plab qurtlar borligini va qornidagi ovqatlarni yeb qo‘yayotganlarini ko‘rsa, ayollar bir-birining mollarini yeyishlariga dalildir. Tushida badanidan uzun qurtlar tushayotganini, yana badani hamda liboslarida ko‘plab qurtlar borligini ko‘rsa, ko‘pgina mol, oila, va hashamat hosil bo‘lishiga dalildir. Tushida badanidagi qurtlarni yerga olib tashlayotganini ko‘rsa, o‘z xotinlarini o‘zidan uzoqlapggirishi va ularga qaramasligiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida badanining ba’zi joylarini kurt yeb qo‘yganini ko‘rsa, ahli oilasi uning molidan yeyishlariga dalildir. Tushida qurtlardan unga zarar yetayotganini ko‘rsa, ayollaridan unga ziyon yetishiga dalildir. Tushida burun, quloq, og‘iz yoki orqa teshikdan qurtlar chiqqanini ko‘rsa, uning mikdoricha moli yoki oila a’zosi ko‘payishiga dalildir. Tushida qurtlar badanidan yerga tushayotganlarini va o‘lib qolayotganlarini ko‘rsa, ahli oilasining halok bo‘lishi yoki undan judo bo‘lishlariga dalildir. Tushida uy to‘sinlari yoki boshqa narsalardan ko‘plab qurtlarning to‘kilayotganini ko‘rsa, uning mikdoricha moli, xodimlari ko‘payishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qurtlar uch narsaga dalil bo‘ladi: ayollarga; xizmatkorlarga; mol va boylikka.