Tushda qulf | Тушда кулф

Без рубрики

QULF (QUFL) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qulf diniy va dunyoviy ishlarning to‘g‘ri bo‘lishiga dalildir.
Agar tushida qulfning tez ochilganini ko‘rsa, ishlarning tez yurishib ketishi, ehtimolki Haj qilishga dalildir. Agar tushida qulfni ocholmayotganini ko‘rsa, ishlar sust yurishiga dalildir.
Jobir (r.a.)ning aytishicha, tushida bir yerni mahkam qulflaganini ko‘rsa, molini tinchlik o‘rnatuvchiga topshirishiga dalildir. Agar tushida qulfini zaif va sust ekanini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qulf olti narsani bildiradi: ishning yurishib ketishini; kuchni ;hujjatni; foydani; xotinni; bir yaxshi odamga nisbatan ishonchni.