Tushda qorin | Тушда корин

Без рубрики

QORIN (SHIKAM) Qorinning ta’birida ta’birchilar uch fikrdalar, qorinning tashqarisi va ichkarisi ham moldir. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, farzand bo‘ladi. Kimning qorni och qolsa va hilqatidan biror narsa kamaysa, moli yoki bolasi ozayadi. Agar qornining bo’shligi ochlikdan bo’lmasa.  Agar och bo’lsa qiziquvchan bo’lib, molga rrishadi.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, qarindoshlarga dalildir.
Agar tushida qorni katta bo‘lib qolganini ko‘rsa, molning, farzandning yoki qarindoshlarning ko‘payishiga dalil bo‘ladi.
Agar tushida qornining kichrayib qolganini va terisiga nuqson yetganini ko‘rsa, mol yoki farzand nuqsoniga dalil bo‘ladi.
Tushida qornida nimaki bo‘lsa, tashqariga chiqqanini, ularni yuvganini va qaytarib joyiga solganini ko‘rsa, holi yaxshi bo‘lishi va maqsadiga yetishiga dalildir.
Agar erkak kishi tushida qornidan bola chiqqanini ko‘rsa, oilasining e’tibori va ulug‘ligini oshiradigan bir kishi paydo bo‘lishiga dalildir.

Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar kishi tushida qornining shishib ketganini ko‘rsa, ko‘p mol topishiga dalildir. Agar tushida qornining yorilganini ko‘rsa, unga musibat yetishiga dalildir. Agar qorniga mo‘ylar o‘sib chiqqanini ko‘rsa, ayoli tomonidan qarz bo‘lishiga dalildir. Agar qornidagi mo‘ylarning qirilganini ko‘rsa, g‘ami ketib, qarzdan kutilishiga dalildir. Agar qornida teshik borligini ko‘rsa, ayol uning molini yeyishiga dalildir. .

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qorin to‘rt narsani bildiradi: ilm joyini; xazinani; tirikchiligining batartibligini; farzandni.

An-nobulsiy: U tushda molini, axli oilasini va sirini saqlovchiga dalolat qiladi. Shuningdek osmonga qarab yotkizuvchi odamga ham, inson azosidan chiquvchi narsaga ham dalolat qiladi. Mol davlati bor odam tushida qornini yirtsa, molidan kelayotgan foyda to’xtaydi. Kambag’al odam ko’rsa, oilasini ehtiyojlariga ishlatib turgan moliga ofat yetadi.