Tushda qisqichbaqa | Тушда кискичбака

Без рубрики

QISQICHBAQA (XARCHANG) Tushdagi qisqichbaqa past himmatli kishini bildiradi. Agar tushida qisqichbaqani tutib olganini ko‘rsa, past himmatli va badfe’l bir odam bilan hamsuhbat bo‘lishini va undan ozgina manfaat topishini bildiradi. Agar tushida qisqichbaqani o‘ldirganini yoki uzoqqa otib yuborganini ko‘rsa, past himmat va badfe’l bir kishidan uzoqlashini bildiradi. Agar qisqichbaqa go‘shtini yeyayotganini tush ko‘rsa, yegani mikdoriga muvofiq mol topishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida qisqichbaqasi borligini ko‘rsa, xush tabiatli va xushfe’l bir kishi bilan do‘stlik qilishi va undan yaxshilik ko‘rishiga dalildir.