Tushda qazon | Тушда казон

Без рубрики

QAZON (DEG) Tushdagi qazon asli tarso bo‘lgan xona xizmatkoridir. Qo‘lida yangi va katta qazon borligini ko‘rsa, xizmatkori omonatga xiyonat qilmaydigan ekaniga dilildir. Agar qazoni kichkina, eski va iflos ekanini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Tushida qazoni tushib ketgani va singanini ko‘rsa, xizmatkorining o‘lishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Tushdagi yangi qazon xotin bo‘ladi.
Ta’birchilarning aytishlaricha, qazon uy xo‘jaligi bo‘ladi. Tushida qazon olsa yoki unga birov qazon bersa, olovga qo‘yib, ovqat pishirayotgan bo‘lsa, bir ish tufayli podshohdan unga manfaat yetishiga dalil bo‘ladi. Tushida mis yoki tosh qazonga ega bo‘lsa, qazonning qimmatiga muvofiq foyda topadi. Qazon sopoldan bo‘lsa, bir ish qilishi va bu qilgan ishi tufayli xonadon boshlig‘idan biror narsa topishiga dalolat qiladi. Qazonni olovga qo‘ysa va qazon ichida hech narsa bo‘lmasa, bir odamni ishga soladi va bu ish o‘ziga foydasiz bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.) aytadi: Tushdagi qazon uy xo‘jaligi yoki xona xodimiga dalolat qiladi. Qazonda go‘sht va ovqat bor bo‘lsa, ranjsiz unga rizq yetadi. Qazoni singanini ko‘rsa, xona xo‘jayini va bekasining har ikkovining o‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadi: Tushdagi qazon beshta narsani bildiradi: uy xo‘jayini; xona bekasi; boshliqni; xodimni; hojatni ravo qilishga bog‘langan vakilni.