Tushda peshona | Тушда пешона

Без рубрики

PESHONA (PESHONIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi peshona odam uchun qadru e’tibor bo‘ladi, chunki u Alloh uchun sajda qiladigan joydir. Ba’zilarning aytishicha, peshona o‘z ahli oilasidan bo‘lgan farzand bo‘lib, badavlat bo‘ladi. Agar peshonada bir nishona (belgi) borligini ko‘rsa, peshona sohibining poklik, dindorlik va parhezgarlikda mashhur bo‘lishini bildiradi. Agar kimdir uning peshonasiga zahm yetkazganini va undan qon ravon bo‘lganini ko‘rsa, obro‘ va e’tibori ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar peshonasi kichik bo‘lib qolganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar tushida peshonasining boshqacha bo‘lib qolganini ko‘rsa, unga ziyon yetishiga dalildir. Agar peshonasidan mo‘y o‘sib chiqqanini ko‘rsa, qarzdor bo‘lishini bildiradi. Agar o‘sha mo‘ynish qizil yoki oq ekanini ko‘rsa, qarzdorligi ayol sababli bo‘lishini bildiradi. Agar peshonasida shish borligini ko‘rsa, moli ziyoda bo‘lishini bildiradi. Agar peshonasidan ilon, chayon yoki boshqa biror narsaning chaqqanini ko‘rsa, shu chaqqan narsaning mikdoriga qarab, dushmanlardan ziyon va zarar tortishiga dalildir. Agar har kim peshonasida bitta ko‘z borligini ko‘rsa, oilaviy iitda fikrga tolishiga dalildir. Agar peshonasida ko‘pgina ko‘zlar borligini ko‘rsa, o‘z ishlarining yaxshilanishi uchun tafakkurda bo‘lishin bildiradi. Agar peshonasida yashil xat yozilganini ko‘rsa, uni oilasida olim va parhezgar farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar peshonasida rahmat oyati yozilganini ko‘rsa, ishlarning oqibati soz bo‘lishini bildiradi. Agar peshonasida azob oyati yozilgan bo‘lsa, ishlarining oqibati yomon bo‘lishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi peshona olti narsaga dalildir: obro‘-e’tiborga; izzat va ulug‘likka; badavlat farzandga; xush hayotga; rahbarlikka; sahovat va yaxshilikka.