Tushda paykon | Тушда пайкон

Без рубрики

PAYKON Tushda paykon ko‘rmoq o‘ta xatarli ulug‘ bir kishini bildiradi. Agar o‘tkir paykonni topsa yoki kimdir unga hadya qilsa, unga yuzlanadigan ishning durust bo‘lishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushidagi paykon quvvat bo‘ladi. Yana tush ko‘ruvchining dushmanga aytadigan so‘zini ham bildiradi, xususan paykon po‘latdan bo‘lsa. Agar paykonning singani yoki zanglaganini ko‘rsa, ta’biri buning aksi bo‘ladi.