Tushda pashsha | Тушда пашша

Без рубрики

PASHSHA — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi pashsha zaif, xor, nokas kishidir, ozgina ish qiladi, u ham bo‘lsa arzimasdir. Agar pashsha bilan olishayotganini ko‘rsa, bir zaif odam bilan janjallashishini bildiradi. Agar tomog‘iga pashsha kirib ketganini ko‘rsa, faqir bir odam bilan bir ishga mashg‘ul bo‘lishini va bu ishdan unga ozgina foyda yetishini bildiradi.
Agar pashshalar to‘planib, badaniga qo‘nganini va chaqayotganini ko‘rsa, avom xalq tiliga tushishini va ulardan zarar ko‘rishini bildiradi, chunki pashsha odam qonini so‘ruvchidir. Agar pashsha qulog‘iga yoki burniga kirib ketganini, undan ranj va aziyat topayotganini ko‘rsa, zaif odamlardan ranj va aziyat yetishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar pashshalar to‘planib uyga kirib kelganini ko‘rsa, g‘amu anduh yetishiga dalil bo‘ladi. Agar pashsha burniga kirib ketganini va qaytib chiqmaganini ko‘rsa, mehnat va baloga giriftor bo‘lishini bildiradi. Tushdagi pashsha pastkash va hasad qiluvchi kishidir. Tushida atrofida pashshalarning yig‘ilganini ko‘rsa, xasadchi kishilar bilan mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Tushida pashshalar uyida uchib yurganini ko‘rsa, odamlar u hakda so‘zlashlariga dalildir. Agar pashshalarning chaqqanini ko‘rsa, pastkash odamlar uning yaqinlariga hasad qilishlariga dalildir. Tushida pashshalarning o‘ldirganini ko‘rsa, xasadchilarga kahr qilishiga dalildir. Tushida pashshalar yer ostiga kirib ketganlarini ko‘rsa, hasadchilar uning yashirin molidan olishlariga va ziyon ko‘rishiga dalildir

Chivinlar tushda.

An-nobulsiy: Ular tushda qon to’kadigan va badanni  mayib qiladigan dushmandir. Ko’pincha nomus va zarari qattiq homiladorlikka dalolatdir.