Tushda oy | Тушда ой

Без рубрики

OY (MOH) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi Oy podshohning vaziridir. Tushida osmondagi oyni olsa yoki uni o‘z mulki deb bilsa, vazir bilan dushmanlashuviga dalildir.
Tushida oyning o‘rnida o‘zini ko‘rsa, podshoh vaziri bo‘lishiga dalildir. Tushida Oyning nurini yig‘ib olganini ko‘rsa, vazirlik ishida bo‘lishiga dalildir. Tushida Oyni osmondan olganini, unda nur yo‘qligini, biroq qorong‘i va xira ham emasligini ko‘rsa, g‘amlardan shodlikka chiqishini bildiradi. Bordi-yu, qorong‘i va xira hamda o‘z joyida bo‘lmasa, podshoh vaziri qaysidir ishda unga muhtoj bo‘lishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi Oy podshoh bo‘ladi, xususan, agar u to‘lin Oy bo‘lsa. Tushida Oyning ikkiga bo‘linganini ko‘rsa, podshoh vazirining halok bo‘lishiga dalildir.
Agar Oyning o‘zi bilan so‘zlashganini ko‘rsa, odamlar undan zulmga qarshi yordam berishini so‘rab, adolatni qaror topishini iltimos qiladilar. Agar Oy u bilan so‘zlashsa, ulug‘lik topishiga dalildir. Tushida ikkita Oy bir-biri bilan jang qilayotganlarini ko‘rsa, ikki podshoh bir-biri bilan urush qilishlariga dalildir. Agar o‘sha ikkita Oydan birining yiqilganini, parchalanib ketganini yoki nuqson topganini ko‘rsa, o‘sha ikkita podshohdan bittasining podshohlikdan tushishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida Oyni qo‘lida tutganini yoki quchog‘iga olganini ko‘rsa, xotin olishini bildiradi. Agar Oy hilol (to‘lmagan) bo‘lsa, oladigan xotini aslu nasabi jihatdan o‘zidan kam bo‘lishiga dalildir. Agar bu tushni ayol kishi ko‘rsa, bo‘lajak eri aytilgan sifatda bo‘lishiga dalildir. Tushida Oyning ravshan va pokiza ekanini va uyga nur sochganini ko‘rsa, o‘sha uydan xotin olishi va undan foydalar ko‘rishiga dalildir. Tushida oyni nimadir tusib qo‘yganini ko‘rsa, podshohning vazirga nisbatan o‘zgarib qolishiga dalildir. Agar Oyning tutilganini ko‘rsa, vazirning ahvoli yomon bo‘lishi va ishdan ketishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida Oyning to‘lin oy ekanini, o‘z joyida bo‘lib, nuri uyining oldiga tushib turganini ko‘rsa, o‘sha uy axdi podshoh yoki vazirdan xayru manfaat topishiga dalildir. Agar Oy to‘lin Oy bo‘lib, biroq nursiz ekanini ko‘rsa, unga ranj va yoqimsiz holat yuz berishiga dalildir. Agar hilol Oy o‘z joyidan chiqqanini, nuri ko‘payib borganini yoki to‘lin Oyga aylanganini ko‘rsa, farzand tug‘ilishi va u podshoh yoki vazir bo‘lishiga dalildir. Agar hilol o‘z joyidan chiqmaganini ko‘rsa, farzand tug‘ilishi yoki odamlarni g‘amu anduhga soluvchi bir og‘ir ishga mubtalo bo‘lishiga dalildir.
Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, kimdir tushida Oyni ko‘rsa, o‘sha diyor podshohining uyida o‘g‘il tug‘ilishini bildiradi. Agar Oy nurining ko‘pligini ko‘rsa, o‘sha farzandining uzoq yashashiga dalildir. Agar Oyni to‘lin holda ko‘rsa, umri o‘rtacha bo‘lishiga dalildir. Agar Oyni nuqsonli holda ko‘rsa, podshoh yoki vazir xizmatida mashg‘ul bo‘lishini bildiradi.
Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, tushida Oyni qo‘li bilan olganini yoki Oyning quchog‘iga kirganini ko‘rsa, dono va olim farzand tugilishiga dalildir. Agar bu tushni podshoh yaqinlaridan biri ko‘rsa, farzandi podshoh bo‘lishiga dalildir. Tushida Oy, Quyosh hamda barcha yulduzlarni olganini, barchasi qora va xira ekanini ko‘rsa, tush ko‘ruvchining halok bo‘lishini bildiradi, agar tush ko‘ruvchi solih odam bo‘lsa, g‘amu anduhga tushishi bemor bo‘lishiga, oqibat shifo topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda Oyni ko‘rish o‘n yetti narsaga dalildir: podshohga; vazirga; podshoh yaqinlariga; rahbarga; sharaf va obro‘ga; do‘stga; kanizakka; g‘ulomga; yaramas ishga; hokimga; buzg‘unchi olimga; ulug‘ boshliqqa; otaga; onaga, farzandga; ulug‘likka va xotinga