Tushda ovoz, tovush | Тушда овоз, товуш

Без рубрики

OVOZ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi erkak ovozi, agar baland bo‘lsa, odamlar orasida ulug‘lik topishiga dalildir.
Agar ovozi baland bo‘lib qolganini ko‘rsa, ovozining balandligi miqdorida nomi va dong‘i baland bo‘lishiga dalildir. Ovozining zaif va past bo‘lib qolganini ko‘rsa, nomi va dong‘i past bo‘lishiga dalildir, masalan, uni hech kim yodga olmaydi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, ovozining baland bo‘lishi erkaklar uchun sharaf va nom qazonishiga dalildir. Ammo ayollar ovozi baland bo‘lishi ko‘p hollarda erkaklarning aksi bo‘lib, yaxshilikni bildirmaydi.