Tushda osmon | Тушда осмон

Без рубрики

OSMON Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, kimki o‘zini birinchi osmonda ko‘rsa, ajali yaqinlashib qolganiga dalil bo‘ladi. O‘zini ikkinchi osmonda ko‘rsa, ilmu donish hosil bo‘lishiga dalildir. Agar uchinchi osmonda ko‘rsa, bu dunyoning izzat va iqbolini topadi. Agar o‘zini to‘rtinchi osmonda ko‘rsa, podshohga do‘st va yaqin bo‘ladi. Beshinchi osmonda ko‘rsa, dahshat, qo‘rqinch va vahimaga duchor bo‘ladi. O‘zini oltinchi osmonda ko‘rsa, baxt va davlat, yaxshilik topishiga dalildir.
Agar birinchi osmonga chiqsa, biroq eshikni yopiq ko‘rsa, uning ishiga bir ulug‘ kishi sababli to‘siq tushadi. Farishtalar osmondan tushib, oldidan o‘tayotganini ko‘rsa, ilmu hikmat eshiklarining unga ochilishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Kimki o‘zini osmonda ko‘rsa, birorta safarga chiqadi va bu safardan uning uchun dunyo martabasi va izzat hosil bo‘ladi. Fazoda uchib yurganini ko‘rsa, bu ham ne’matli va barakatli safar bo‘ladi. Qarasaki, tikka uchayotgan va to‘g‘ri osmonga yetib borgan emish, bu ziyon ko‘rishiga dalil bo‘ladi. Yerga qaytib kelmaslik niyati bilan osmonga uchib ketganini ko‘rsa, ulug‘lik va podshohlik topadi, ulug‘ ishlarga kirishadi va murodga yetadi. Osmondan bong va nido kelayotganini eshitsa, xayriyat va salomatlikka dalildir.
Osmondan asal yog‘ayotganini ko‘rsa, odamlarga yaxshilik, ne’mat va boylik yetishiga dalolat qiladi. Osmondan qum yoki tuproq yog‘ayotganini ko‘rsa, agar u oz bo‘lsa, yaxshi bo‘ladi, ko‘p bo‘lsa yomon bo‘lishiga dalildir. Osmondan chayon, ilon yoki tosh yog‘ayotganini ko‘rsa, o‘sha diyorga Xudoyi azza va jalla tomonidan azob kelishiga dalildir. Agar osmonda osilib turganini ko‘rsa, ishlari balandlaydi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadi: Agar yettinchi osmondan tepaga chiqib, bir joyni topib, qaytib tushmasa, ajali yaqin va ishlarining oqibati yoqimli bo‘lishiga dalildir. Agar u yerga qaytib kelganini ko‘rsa, zohid bo‘lishiga dalolat qiladi. Agar tush egasi yaxshi odamlardan bo‘lmasa, tavba qilishi yoki halol bo‘lishiga dalolat qiladi. Agar osmondan yerga tushganini ko‘rsa, kasallikdan halokat yoqasiga boradi, undan so‘ng shifo topadi.
Er bilan osmon o‘rtasida na g‘isht, na toshdan bo‘lmagan bir qubba yoki ko‘shk borligini ko‘rsa, tush egasining orzu-amallarga g‘ururlanib ketganiga dalil bo‘ladi. Osmon eshiklarining ochiq turganini ko‘rsa, o‘sha yili duolar qabul bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Biz osmon darvozalarini (tinimsiz) quyiluvchi suv bilan ochib yubordik. Yana yerdan buloqlar chiqarib yubor-dik. Bas, (osmon va Yer) suvi taqdir qilib qo‘yilgan bir ish uzra uchrashdilar (Qamar surasi, 11 — 12-oyatlar).
Agar osmonda uning uchun yo o‘sha diyor odamlari uchun eshik ochilganini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlariga yaxshilik va ne’mat hosil bo‘lishiga dalildir, xususan, ochilganda yaxshilik asari ma’lum bo‘lsa, yana yaxshi. Agar osmon qulab ketsa, Xudoyi ta’olo unga g‘azab qilishiga dalildir.
Imomi Ja’far Sodiq (r.a.) aytadi: Qarasaki, osmonning rangi yashil ekan, o‘sha diyorda omonlik, yaxshilik va tinchlik bo‘lishiga dalildir. Rangi oq ko‘rinsa, o‘sha diyorda ranj va bemorlik bo‘lishiga dalildir. Osmonni qizil rangda ko‘rsa, o‘sha diyorda jang va xunrezlik bo‘lishiga dalildir. Qarasaki, osmon qora rangda ekan, o‘sha diyorda balo va katga fitna bo‘ladi. Ko‘rsaki, osmon avval ko‘rib yuraganidan ham ravshanroq ekan, Xaq ta’olo unga dinda to‘liq ro‘shnolik ato qilishiga dalildir.
Osmon eshigi uning qarshisida ochilganini ko‘rsa, olim va hakim bo‘lishiga dalolat qiladi, undan odamlarga ko‘p manfaat yetadi. Agar osmonda ustunlari bilan birga qizil alomatlar bo‘lsa, o‘sha diyorning pokiza odamlariga nusrat bo‘ladi. Agar osmonga talpinayotganini ko‘rsa, bedin va gumroh bo‘ladi.
Ismoil Ash’as (r.a.) aytadi: Kimki osmondan toshlarni xuddi yomg‘ir kabi tushayotganini ko‘rsa, o‘sha diyor ahliga og‘ir balo va azob kelishiga dalil bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: Far-monimiz (azobimiz) kelganida u yerni ostin-ustun qilib yubor-dik va u yerga qizitilgan g‘ishtdan iborat toshlarni paydar-pay yog‘dirdik (Qud surasi, 82-oyat). Agar osmondan bug‘doy va arpa yog‘ilayotganini ko‘rsa, o‘sha diyorda beqiyos alvon ne’matlar bo‘lishi, xalqqa omonlik va kasbu maishat hosil bo‘lishiga dalil bo‘ladi