Tushda karlik, qulog’i eshitmay qolishi | Тушда карлик, кулоги эшитмай колиши

Без рубрики

KARLIK (KARIY) Tushdagi karlik-kambag‘allik, yomon ahvol va ishlarning to‘xtab qolishidir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi karlik dinning vayron bo‘lishi, g‘amu anduh, ishlarning to‘xtashi va murodining hosil bo‘lmasligidir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi karlik — benavolik va ishlarning to‘xtab qolishidir. Tushida qulog‘ining eshitayotganini ko‘rsa, to‘xtab qolgan ishlarining yurishuvi, murodu maqsadiga yetishi va Haq rahmatidan nasiba topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi karlik to‘rt narsaga dalildir: kambag‘allikka; dinning buzilishiga; g‘amu anduhga; ishlarga to‘siq tushishi va murodga yetmaslikka.