Tushda kana | Тушда кана

Без рубрики

KANA (KANA) — Ibn Sirinning (r.a.) aytishicha, tushdagi kana odamlarning ayollaridir. Tushida kana badanini yeyayotganini ko‘rsa, uning mikdoricha ayoli molidan yeyishini bildiradi. Tushida chorva mollarida ko‘plab kanalar borligini ko‘rsa, odamlar uning mollaridan foyda olishlariga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida kanalarni o‘zidan olib tashlayotganini ko‘rsa, xotinini o‘zidan uzoqlashtirishiga dalildir. Agar hayvonlaridan kanalarni olib tashlayotganini ko‘rsa, hech kimga foyda yetkazmasligiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kana uch narsani bildiradi: xotinni; xodim va xizmatkorlarni va ko‘p boylikni.
Agar kanalarni o‘ldirganini ko‘rsa, aytilgan narsalarda nuqson yuz berishini bildiradi.