Tushda kamar, belbog’ | Тушда камар, белбог

Без рубрики

KAMAR, BELBOG‘ (KAMARBAND) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida beliga kamar yoki belbog‘ bog‘laganini ko‘rsa, odamlardan himoya topishiga dalildir. Ba’zilarning aytishicha, himoya farzand yoki qarindoshlaridan bo‘ladi. Tushida kamari dur va javohirlar bilan bezatilganini ko‘rsa, uning qadru qimmatiga muvofiq mol hosil qilishi va u bilan himoyasi kuchli bo‘lishiga, yoki farzand tug‘ilib, yaqinlari ichida e’tiborli bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida beliga belbog‘ yoki kamarni uch-to‘rt bor aylantirib o‘raganini ko‘rsa, moli ko‘p bo‘lishiga dalildir, yana aytishlaricha, umri uzun bo‘lishini bildiradi. Tushida unga kamar yoki belbog‘ berganlarini, u esa beliga bog‘lab olganini ko‘rsa, safarga ketishiga dalildir. Agar tushida kamari yoki belbog‘i yirtilsa, yerga tushsa va yo‘qolsa, moli va ulug‘ligiga nuqson yetishini bildiradi.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida kamari javohirlar bilan bezatilganini ko‘rsa, o‘z qavmining ulug‘i bo‘lishiga va u sababli oilasi va yaqinlari badavlat bo‘lishiga dalildir. Tushida kamariga po‘lat yoki misdan qilingan qilich osilganini ko‘rsa, boylikka dalil bo‘ladi, biroq ozroq bo‘ladi. Tushida kimdir unga kamar va qilich sovg‘a qilganini ko‘rsa, podshoh uchun safarga chiqishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kamar yoki belbog‘ olti narsani bildiradi: otasi, aka-ukasi yoki qarindoshlar Tomonidan yetadigan foydani; farzandni; ulug‘lik va himoyani; uzoq umrni; insof qilish va insof topishini; din pokligini.
Tushida beliga kamar bog‘langanini ko‘rsa, dushmanlaridan insof talab qilishini bildiradi, biroq yarim umri o‘tgan bo‘ladi.