Tushda ilm majlisi | Тушда илм мажлиси

Без рубрики

ILM MAJLISI (MAJLISI ILM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘zini ilm majlisida o‘tirganini, bir olim odam birovga Qur’on o‘qiyotganini, Qur’on tafsiri, hadis va tavhid haqida gapirayotganini ko‘rsa, o‘sha yerda shari’atga xilof imorat qilishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida ilm majlisida yig‘layotganini ko‘rsa, dunyo ishlariga mashg‘ul bo‘lishiga va bundan shod bo‘lishiga dalildir. Agar buning aksini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishini bildiradi. Tushida ilm majlisida undan bir holat paydo bo‘lib, behush bo‘lib qolganini, chunonchi, aqli butunlay zoyil bo‘lganini ko‘rsa, uning uchun bir ish yuz berishi va bu ishda sargashta va hayron bo‘lishi, oqibati xayrli tugashiga dalildir.