Tushda ichak | Тушда ичак

Без рубрики

ICHAK (RUDA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida ichak topganini va undan yeganini ko‘rsa, qarindoshlaridan xayru manfaat ko‘rishini bildiradi. Tushida ichaklari ichkaridan chiqqanini ko‘rsa, qarindoshlaridan birining farzandi amaldor bo‘lishini bildiradi. Tushida birovning ichagini yeyayotganini ko‘rsa, yeganiga qarab, boshqa odamning molidan yeyishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushda ichaklarning oshkor ko‘rinishi yig‘ib qo‘yilgan molning paydo bo‘lishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida ichaklarning og‘zidan chiqqanini ko‘rsa, bolalarning o‘lishiga dalildir. Tushida birovning ichagini chiqarganini ko‘rsa, ichak mikdoriga qarab, birovning yashirib qo‘ygan molini topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi ichak olti narsani bildiradi: harom molni; noxush so‘zlarni; dashnomni; farzandni; tirikchilikni; o‘z ishlari bilan mashg‘ullikni.