Tushda go’sht | Тушда гушт, гошт

Без рубрики

GO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘pgg qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir.
Agar tushida o‘z tanasining go‘shtini yeganini ko‘rsa, o‘z oila a’zolarini g‘iybat qilishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, pushaymon keltiradigan birorta ishni qilishiga dalildir. Tushida odamlarning go‘shtlarini yeganini ko‘rsa, nohaqdan odamlarning g‘iybatini qilishiga dalildir.
Tushida bir odamni dorga osganlarini va u esa o‘sha osilgan odamning go‘shtidan yeganini ko‘rsa, harom mol yeyishiga dalildir. Tushida pishirilgan semiz qo‘y go‘shtidan yeganini ko‘rsa, molu ne’mat topishiga dalildir. Agar so‘yilgan qo‘yni uyiga olib kelganini ko‘rsa, bir ulug‘ odam o‘sha yerda o‘lishiga dalildir. Tushida so‘yilgan qo‘yning ba’zi a’zolarini uyiga olib kelganini ko‘rsa, o‘sha xandonda birovning halok bo‘lishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushda oriq go‘shtdan semiz go‘sht afzal bo‘ladi. Tushida yangi va toza go‘sht bilan birovni urganini ko‘rsa, o‘sha odamni tili bilan xafa qilishi yoki birovni g‘iybat qilishiga dalildir. Tushida qovurilgan go‘sht yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha rizqni g‘amu anduh bilan topishini bildiradi. Tushida qassobdan go‘sht olganini, haqini berganini va uyiga olib kelganini ko‘rsa, halok bo‘lishiga dalildir. Tushida ajdarho go‘shtidan yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha dushman molini tortib olishi uni xarj qilishi va dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir. Tushida ot go‘shtini yeganini ko‘rsa, odamlari ichida yaxshi nomga ega bo‘lishi va podshohdan biror narsaga ega bo‘lishiga dalildir. Tushida tuya go‘shtini yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha dushman moliga ega bo‘lishni va undan yeyishni bildiradi. Agar bo‘taloq go‘shtidan yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha yetimning molini yeyishga dalildir, undan so‘ng kasal, bo‘lishi va shifo topishini bildiradi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, podshoh odamlaridan foyda topishni bildiradi. Agar tuyaqush go‘nggidan yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha sahroyi odamlardan foyDa topishni bildiradi. Tushida ohu go‘shtidan yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha chiroyli bir ayoldan mol topishini bildiradi. Agar echki go‘shtidan yeganini ko‘rsa, dushman molini tekinga qo‘lga kiritishiga va xarjlashishiga dalildir. Tushida qaldirg‘och go‘shtidan yeganini ko‘rsa, unga musibat yetishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, dushman molini yeyishiga dalildir.
Tushida o‘rdak go‘pggidan yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha molu ne’mat topishiga dalildir. Agar qoplon go‘shtidan yeganini ko‘rsa, jangdan nom chiqarishi, sharaf va ulug‘lik topishiga dalildir.
Agar chumchuq go‘shtidan yeganini ko‘rsa, semiz va qo‘pol bir odamdan mol topishi yoki uning mikdoricha farzandidan mol hosil qilishiga dalildir. Tushida maymun go‘shtidan yeganini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Tushida fil go‘shtidan yeganini ko‘rsa, sultondan mol topishiga dalildir. Agar qirg‘iy go‘shtidan yeganini ko‘rsa, zolim podshoxdan foyda topishini bildiradi. Agar qirg‘ovul go‘shtidan yeganini ko‘rsa, bir sotqin odamning molidan yeyishiga dalildir. Agar tushida boyo‘g‘lining go‘shtidan yeganini ko‘rsa, o‘g‘irlangan moldan yeyishini bildiradi. Tushida eshak go‘shtidan yeganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir.
Tushida quyon go‘shtidan yeganini ko‘rsa, xotin molidan biroz topishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, meros topadi.
Tushida xo‘roz go‘shtidan yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha ajamiy kishidan manfaat topishiga dalildir. Agar saratonning go‘shtidan yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha harom mol ’yeyishi va toatga sustlik qilishini bildiradi. Agar tushida durroj go‘shtidan yeganini ko‘rsa, ayolining molini tortib olishi va xarj qilishiga dalildir. Agar latcha (ariq sichqoni)ning go‘shtidan yeganini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Agar qarg‘a go‘shtidan yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha fosiq odamning molini yeyishiga dalildir. Agar kaltakesak go‘shtidan yeganini ko‘rsa, ko‘p safar qiladigan odamdan foyda ko‘rishini bildiradi. Ba’zi ta’birchilarning gapicha, kaltakesak go‘shtidan yeyish shu jahonning ziynati va tugalligiga dalildir. Tushida it go‘pggidan yeganini ko‘rsa, dushman ustidan zafar topishiga dalildir. Agar olmaxon go‘shtidan yeganini ko‘rsa, musofir bir odamning molidan yeyishiga dalildir. Tushida semurg‘ go‘shtidan yeganini ko‘rsa, ulug‘ bir odamning moli unga tegishiga dalildir.
Tushida shohin (oq burgut)ning go‘shtidan yeganini ko‘rsa, zolim bir odamning molidan foyda topishini bildiradi. Tushida qo‘zichoqning go‘pggidan yeganini ko‘rsa, bir gumroh odamga yaqinlashishni bildiradi. Tushida sherning go‘shtidan yeganini ko‘rsa, tijorat to‘g‘risida qarindoshlari bilan janjallashishni bildiradi. Agar tovus go‘pggidan yeganini ko‘rsa, molu ne’mat topishiga dalildir. Agar to‘ti go‘shtidan yeganini ko‘rsa, ilm o‘q-ishini, biroq ilm unga foyda bermasligiga dalildir. Agar musicha go‘shtidan yeganini ko‘rsa, bir yaxshi ayoldan foyda topishini bildiradi. Tushida sigir go‘shtidan yeganini ko‘rsa, ko‘p mol hosil qiladi va ishi tartibga tushadi. Agar yovvoyi buqa go‘shtidan yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha xotini yoki kanizagini molidan foyda yetishini bildiradi. Tushida kaptar.go‘shtidan yeganini ko‘rsa, xotinining molidan bahramand bo‘lishiga dalildir. Tushida mushuk go‘shtidan yeganini ko‘rsa, foyda topishiga dalil bo‘ladi. Tushida bo‘ri go‘shtidan yeganini ko‘rsa zolim podshoxdan harom mol topishiga dalildir. Agar toshbaqa go‘shtidan yeganini ko‘rsa birorta olimdan ilm hosil qilishini bildiradi. Agar srtlon (yoldor bo‘ri) go‘shtidan yeganini ko‘rsa, bir qari kampir uni jodu qilishiga dalildir. Agar qulon go‘shtidan yeganini ko‘rsa, molu manfaat topishiga dalildir. Agar tovuq go‘shtidan yeganini ko‘rsa, kanizak yoki xizmatkordan mol topishiga dalildir.
Tushida baliq go‘shtidan yeganini ko‘rsa, xotinining molidan biroz narsa yeyishiga dalildir. Agar murgobiy (suv qushi, o‘rdak)ning go‘shtini yeganini ko‘rsa, ulug‘lik va obro‘ topishiga dalildir. Tushida murdaning go‘shtidan yeganini o‘sha murdani yomon sifati bilan yod qilishiga dalildir. Agar timsoh yoki nahang baliq go‘shtidan yeganini ko‘rsa, unga ranj va balo yetishiga dalildir. Agar sassiqpopushak go‘shtidan yeganini ko‘rsa, ziyrak va ulug‘ bir odamdan foyda topishini bildiradi. Agar humo qushining go‘pggidan yeganini ko‘rsa, podshohdan unga rohat yetishi va ishXari yuqorilashuviga dalildir. Agar bulbul go‘shtini yeganini ko‘rsa, xotini, farzandi yoki g‘ulomining molidan unga foyda yetishiga dalildir. Agar qoplon go‘shtidan yeganini ko‘rsa, dushman molidan yeyishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda jonivorlar go‘shtini ko‘rish to‘rt narsani bildiradi: molnii; merosni; badavlatlikni; musibat va g‘amni.