Tushda bolg’a | Тушда болга

Без рубрики

BOLG‘A (XOYSAK) Tushda bolg‘a ko‘rmoq bir qavmga bosh bo‘lmoqni bildiradi. Agar tushida ko‘pgina bolg‘alari borligini yoki kimdir unga bolg‘a berganini ko‘rsa, bir qavmning boshlig‘i bilan suhbatdosh bo‘lishi va undan foydalar ko‘rishiga dalildir.
Agar tushida bolg‘a bilan bir kishini urayotgan bo‘lsa, bir boshliqqa qahr qilishiga dalildir. Agar tushida bolg‘asini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, rahbarliqdan judo bo‘lishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida temirchilikni bilmagani holda sandonga bolg‘a urayotganini ko‘rsa, ikki boshliqning o‘rtasida chaqimchilik qilishi va ikki oraga dushmanlik solishiga dalildir.