Tushda badanlar | Тушда баданлар

Без рубрики

BADANLLAR (ANDOMHO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, odamlar o‘z badanlarida ziyodalikni ko‘rsalar, qarindoshlari hamda o‘z ahlining ziyoda bo‘lishi va o‘z joylarida bo‘lishlariga dalildir. Agar uning badani kesilsa yoki tanadan bir narsa tushsa, safarga ketishi va o‘z ahlining parokanda bo‘lishini bildiradi. Tushida o‘z badanini kessa va parchalaganini ko‘rsa, o‘z ahli va qarindoshlarini har xil shaharlarga tarqatib yuborishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, o‘z badanidan bir parcha go‘shtni kesib olganini ko‘rsa, u kishiga xayru manfaat yetishiga dalildir. Agar badanidan bir bo‘lagini judo bo‘lganini ko‘rsa, biror kishi uning molidan zo‘rlik bilan tortib olishiga dalildir. Agar badanidan go‘sht qirqib olganini ko‘rsa va qushlarni oldiga tashlaganini ko‘rsa, o‘z molidan birovga baxshida qilishiga dalildir.
J obir Magribiy (r.a.) aytadiki, badanidan bir a’zosi u bilan so‘zlashganini ko‘rsa, xalq orasida rasvo bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: . . . Bizlarni, barcha narsani so‘zlatgan zot Alloh so‘zlatdi. . . (Fussilat surasi, 21-oyat).
Agar biror a’zosining yo‘lda yurib ketayotganini ko‘rsa, bir ish qilishiga va bu ishda shikast paydo bo‘lishiga dalildir. Agar badanidan biror a’zosining judo bo‘lganini ko‘rsa, qarindoshlaridan bir kishining g‘urbatga tushishini bildiradi. Agar a’zolarining ozoda ekanini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Agar biror qushning o‘z badanidan bir parcha go‘pggni uzib qochganini ko‘rsa, kimdir uning molidan zo‘rlik bilan tortib olishiga dalil bo‘ladi. Agar o‘z go‘shtidan qirqib olayotganini va qushlar oldiga tashlayotganini ko‘rsa, o‘z molidan birovga baxshida qilishiga dalildir.
Fazl aytadiki: Men Allohning Rasuliga arz qildimki, yo Rasulalloh (s.a.v.), men yomon tush ko‘rdim. Qanday tush ko‘rding? — so‘radilar. Aytdim: Tushimda sizning badaningizdan bir parchasini olib bir chetga qo‘ydilar. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: Fotima o‘gil tug‘adi va u sening yoningda katta bo‘ladi. Shundan so‘ng Fotima Husaynni tug‘dilar va u Fazlning yonida katta bo‘ldi. Fazl uni tarbiya qildi.