Tushda arqon | Тушда аркон

Без рубрики

ARQON (RASAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi arqon ahdu paymon bo‘ladi. Tushida arqonni ushlaganini va u bilan havoda muallaq osilib turganini ko‘rsa, arqonning balandligiga qarab, obro‘-e’tibor topishini bildiradi. Tushida arqon qo‘ldan chiqqanini va o‘zi yiqilganini ko‘rsa, qadri va e’tibori tushishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida osmondan arqon osilib turganini va u esa arqonni ushlaganini ko‘rsa, Xudoyi ta’olo bilan uning orasida axdu paymon bo‘lishini, masalan, bordi-yu u bemor bo‘lsa, agar shifo topsam, Xudoga unday yoki bunday qilaman, deyishini bildiradi. Agar tushida arqonda oyog‘i bilan turganini ko‘rsa, Xudoyi ta’olo bilan qilgan paymoniga dalildir. Arqonga qo‘l urganini tush ko‘rsa, dinga qo‘l urganini bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: Hammangiz Allohning arqoni (Qur’on)ni mahkam tuting va firqalarga bo‘linmang. . . (Oli Imron surzsi, 103-oyat).
Ba’zi ta’birchilarning so‘zicha, tushdagi arqon Xudbyi ta’olo va xalq o‘rtasidagi axdu paymonni bildiradi. Tushida bo‘yniga arqon solinganini ko‘rsa, birovga bergan axdu paymonini bajarishni orqaga surayotganiga dalildir. Tushida arqon bilan ko‘zboylog‘ichlik qilayotganini ko‘rsa, e’tiqodiga nuqson yetishiga dalildir. Tomdan yoki baland joydan arqon bilan osilib tushganini ko‘rsa, maqsadini tark qilishi yoki qo‘rquvdan dilidagi hojatini oshkor qilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi arqon to‘rt narsani bildiradi; ahdu paymonni; dinni; omonatni va hojatlarning ravo bo‘lishini.