Tushda Kema korsa / Тушда Кема корса

K

Kema

Kema — yangi va baxtli hayot boshlanishi belgisi. Tushda oltin yelkanli yoki boshqa bezaklari bor kemani ko’rish — tush ko’ruvchi yashayotgan mamlakatda baxtli davr boshlanganligi belgisidir. Oq yelkanli kemani tushda ko’rish — sizning mamlakatingiz hayoti shimoldagi qudratli va gullab-yashnayotgan davlat bilan uzluksiz bog’langandagina baxt keltirishini bildiradi. Qizil rangdagi kema tushga kirsa — bu baxt-saodatga erishish va farovonlikka yetish yo’lida turli to’qnashuvdan dalolat beradi. Eski, buzuq kemani tushda ko’rish — bu belgida baxt-saodatga ishonish bekordir, taqdirni boshqa mamlakat bilan bog’lash yoki ona-vatanda siyosiy vaziyatni o’zgartirish kerakligidan shohidlik beradi. Agar yonayotgan kema tushingizga kirsa — bu to’satdan tinchlikning buzilishi, urush e’lon qilinishi yoki kuchli tabiiy ofat tufayli tush ko’ruvchi yashayotgan mamlakatda uzoq, vaqt hayotning yomonlashishi, ko’p qayg’u va alam yetishining belgisidir. Kemaning portlaganini tush ko’rish — bu dunyo miqyosidagi halokatlar — koinot jismlari bilan to’qnashuv, ekologik tanglikning kelib chiqishini, yadro urushining ro’y berish alomatidir.