Tushda It korsa / Тушда Ит корса /

I

It

It- qayg’u, tashvish, g’oliblik, vafo

It — sadoqat timsoli, ramzidir. Daydi itni tush ko’rish katta mexnat va mashaqqat bilan to’plangan mol dunyo 2006 yilda osongina sovurilishidan dalolat beradi. Umuman oppoq katta kuchuk tushga kirsa — bu, qishda, shimoliy davlatlar sanoatida va turmush darajasida axvolning yomonlashishi alomatidir. Oyog’ida uyqudagi ilon yotgan itni tushda ko’rish 2001 yilda hech kim kutmagan va hech kim oldindan bilmagan ittifoq tuzilishidan, uning *uzoqga muljallanib it kabi sadoqatli va ilon donishmandligi singari samarali bo’lishidan darak beradi. It qiyofasidagi odam tushga kirsa, bu ko’r odamga va uning yaqin qarindoshlariga ta’alluqli yangi kashfiyotlar belgisidir. Kit bilan munozara olib borayotgan itni tushda ko’rish — yangi qonun asosida jaxonda xaqiqiy muvozanatning vujudga kelishiga yordam beradigan eng kuchli o’lim keltiruvchi qurolning qo’llanilishidan ayon etadi.